"Yuventus" Xedira bilan shartnomani bekor qilish borasida muammoga duch kelmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Turinning "Yuventus" klubi o'z yarim himoyachisi Sami Xedira bilan shartnomani ikki tomonlama bekor qilish borasida muammoga duch kelmoqda.
Football Italia nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 33 yoshli germaniyalik futbolchi shartnomasining so'nggi kuniga qadar to'lanishi kerak bo'lgan 6 million evroni olmoqchi.
O'z navbatida esa klub mablag'ni tejak maqsadida, Xediraga 3 million evro to'lab, shartnomani bekor qilmoqchi.
Avvalroq, Xediraga Frantsiyaning PSJ va Rossiyaning "Zenit" klublari tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200