"Atletiko" prezidenti: "Agar Messi yana Suares bilan birga o'ynashni xohlasa, u holda jamoamizga kelsin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Madridning «Atletiko» klubi prezidenti Enrike Sereso jamoaning yangi hujumchisi Luis Suares borasida fikr bildirdi.
— Barchasi ajoyib o'tdi. Bartomeu — yaxshi do'st va ajoyib prezident. Ayni paytda «Barselona»ning ishlari joyida emas, lekin qanday harakat qilish kerak bo'lsa, shunday qilishdi va boshqa hech narsa sodir bo'lmadi. Suaresni safimizga qo'shib olishda muammoga duch kelmadik. U o'zi xohlagan joyda o'ynamoqda.
Agar Leo Messi yana Luis Suares bilan birga o'ynash niyatida bo'lsa, u holda jaoamizga kelsin. Hamma narsa ro'y berishi mumkin, — Seresoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda SORE.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198