"Chelsi" futbolchisi Italiyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174
Rimning «Roma» klubi Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Antonio Ryudigerni o'z safiga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Ryudigerga «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard ishonch bildirmayapti. O'z navbatida «Roma» transfer oynasi yopilgunigacha o'z safiga himoyachi qo'shib olishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Ryudigerga A Seriya begona emas. U «Roma» safida 2015 yildan 2017 yilgacha o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!