Gattuzo: «Umid qilamanki, «Napoli»ga Kulibali borasida qo'ng'iroqlar bo'lmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128
Yaqinlashib kelayotgan ikki haftada Italiyaning "Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibalining taqdiriga oydinlik kiritiladi. Futbolchi yo Neapolda qoladi yoki Frantsiyaning PSJ klubiga yo'l oladi. Shu sababli, jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Kulibali haqida fikr bildirdi.
«Xudbinlik qilaman. Umid qilamanki, u bilan qoladi. Albatta, u bizga texnik tarafdan ham, kiyinish xonasida ham ustunlik beradi.
Hozir dunyo o'zgarib ketdi. Barcha klublarga pul kerak. Umid qilamanki, Kulibali haqida bizga qo'ng'iroqlar bo'lmaydi, lekin, men so'nggi soniyalargacha xavotirda bo'laman», – dedi Gattuzo.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!