Fabregas "Barselona"ni keskin tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 511
"Barselona" sobiq sardori Sesk Fabregas "qizil anorranglilar"ni tanqid qildi. "Barsa"ning Suaresga bo'lgan muomalasi Seskga yoqmagan.
"Suares hayotining eng yaxshi yillarini "Barselona" uchun bag'ishladi. U ko'plab sovrinlar yutdi va afsonaga aylandi. Unga nisbatan ko'proq hurmat ko'rsatilishi lozim edi. "Barsa" o'zining qayta qurilishini amalga oshirib, boshqacha yo'l tutushi mumkin edi. Men o'z klublariga borini beradigan futbolchilarga ko'proq hurmat ko'rsatishlarini xohlayman. Xuddi shu narsa Messi bilan bog'liq vaziyatga ham tegishli", - dedi Sesk. Eslatib o'tamiz, Suares "Atletiko"dagi ilk o'yinida ikkita gol urib, 1ta golga assistentlik qildi.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!