"Atletiko" "Granada"ni tor-mor etdi. Suaresdan dubl+pas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

La Liga 3-turi doirasida "Atletiko" va "Granada" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Mazkur o'yinda madridliklar yirik 6:1 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu o'yinda Luis Suares madridliklar safida ilk marta zaxiradan maydonga tushib, dastlab assist amalga oshirdi, ko'p o'tmay debyut bahsidayoq gol urishga erishdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa urugvaylik forvard dublini rasmiylashtirdi.
La Liga. 3-tur. 27 sentyabr
Atletiko – Granada 6:1
Gollar: 1:0 – 9 Diego Kosta, 2:0 – 47 Korrea, 3:0 – 65 Joau Feliks, 4:0 – 72 Lorente, 5:0 – 85 Suares, 5:1 – 87 Molina, 6:1 – 90 Suares.
Atletiko – Oblak, Tripper, Lodi, Savich, Felipe, Saul, Karrasko (Tomas, 71), Korrea (Vitolo, 77), Koke (Lemar, 77), Joau Feliks (Lorente, 71), Diego Kosta (Suares, 70).
Granada – Ruy Silva, Fulke, Valexo, Dias, Duarte (Xerman Sanches, 84), Aziz, Kenedi (Soro, 60), Errera (Viko, 71), Milya (Eteki, 71), Puertas (Machis, 60), Molina.
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
246