Bundesliga klubida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

Germaniyaning «Shalke» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi David Vagner bilan xayrlashishga qaror qilganligi haqida «konchilar» rasmiy sayti xabar bermoqda.
Vagner qo'l ostida «Shalke» Bundesliganing 18 ta uchrashuvidan beri g'alaba qozona olmayapti. Joriy mavsumning dastlabki ikki turida jamoa 11 ta gol o'tkazib yubordi va atigi bitta gol kiritdi.
O'tgan mavsumda «Shalke» Germaniya chempionatining 12-pog'onasini band etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205