OChL finali Toshkentda o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271
Osiyo chempionlar ligasi 2020 yilgi mavsumi final uchrashuvi Toshkentda o'tkazilishi mumkin. Buning esa "Paxtakor" dastlab chorak final, keyin esa yarim finalda g'alaba qozonib, finalga chiqishi lozim. Bu haqda Alisher Nikimbaev telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.
Shunda final bahsi 19 dekabr kuni "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.
Darvoqe, "Paxtakor"ning chorak finaldagi raqibi dushanba kuni tashlanadigan qur'adan so'ng ma'lum bo'ladi. Qur'a tashlash marosimi esa Toshkent vaqti bilan 13:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!