Antonio Konte: «Inter» yangi mavsumga tayyor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte yangi mavsum arafasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Tanaffus paytida yaxshi ishladik. Ixtiyorimizda bo'lgan 3 haftadan qoniqish hosil qildim. "Inter" — mavsumni eng kech yakunlagan jamoalardan biri. O'yinchilarning o'z ishiga bo'lgan munosabatidan xursandman.
"Inter" yangi mavsumga tayyor. Ko'p sabablarga ko'ra u oson bo'lmaydi. Maqsadimiz haqida to'xtaladigan bo'lsam, o'z ambitsiyalarimizga mos ravishda Italiya va xalqaro arenada muvaffaqiyatga erishishni istaymiz", - dedi Konte.
Ma'lumot o'rnida. "Inter" ertaga "Fiorentina"ga qarshi maydonga tushadi. Milanliklar dastlabki turni o'tkazib yuborishgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
358