Suares «Atletiko»da qanday raqamda o'ynashi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529

«Atletiko» bilan 2 yillik shartnoma imzolagan hujumchi Luis Suares joriy mavsumda qanday raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.
Urugvaylik futbolchi "matraschilar"dan 9-raqamli futbolkani qabul qilib oldi. Bungacha ushbu raqam Alvaro Morataga tegishli bo'lib, futbolchi "Yuventus"ga o'tib ketganidan keyin raqam bo'shagan edi.
Eslatib o'tamiz, Luis Suares "Barselona" safidagi 6 yillik faoliyati davomida ham aynan 9-raqamli futbolkada harakat qilgan.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
379