«Bavariya» – UEFA Superkubogi sohibiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 352

«Bavariya» UEFA Superkubogida «Sevilya» 2:1 hisobida mag'lub etib, superkubok sohibiga aylandi.
O'yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Okamposning goliga Gorettska javob berdi. Qo'shimcha bo'limlarning birinchisida zaxiradan maydonga tushgan Xavi Martines nemis klubiga g'alabani taqdim etdi.
UEFA Superkubogi
Bavariya – Sevilya 2:1
24 sentyabr, Budapesht, «Pushkash-Arena»
Gollar: Gorettska (34), Xavi Martines (104) – Okampos (13, penalti).
Bavariya – Noyer, Alaba (Boateng, 112), Ernandes (Devis, 99), Pavar, Zyule, Myuller, Kimmix, Gnabri, Gorettska (Martines, 99), Sane (Tolisso, 70), Levandovski.
Sevilya – Bunu, Eskudero, Kunde, Diego Karlos, Navas, Rakitich (Oliver Torres, 56), Jordan (Vaskes, 94), Suso (Gudel, 73), Fernando, Okampos, de Yong (En-Nesiri, 56).
Ogohlantirishlar: Alaba (12) Jordan (45+1), Kunde (55), Fernando (70), Ernandes (90+1),
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
251