Bosh murabbiy hakam bilan tortishgani uchun 8 ming funtli jarima tortildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

Angliyaning «Vest Bromvich» klubi bosh murabbiyi Slaven Bilich Angliya Futbol Assotsiatsiyasi (FA) tomonidan 8 ming funt sterling jarimaga tortilganligi haqida tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Everton» klubiga qarshi o'yinda Bilich uchrashuv bosh hakami Mayk Dinga nisbatan his-hayajonlarini yashira olmagani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilgandi.
FA Slavenni «noo'rin hatti-harakatlarda va haqoratli so'zlarni ishlatganlikda» aybladi va moliyaviy jarimadan tashqari, yana ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi kerak edidi. Biroq, xorvatiyalik futbolchi aybini tan olgani uchun, Assotsiatsiya uni moliyaviy jazolash bilan cheklandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247