O'zbekiston U16 terma jamoasi Tojikistonni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun tojikistonlik tengdoshlariga qarshi navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.
Olim Shokirov shogirdlari bu safar raqibni mag'lub etishga muvaffaq bo'lishdi. Vakillarimiz bahsning 5-daqiqasida Shahzod Akromov hisobni ochgan bo'lsa, birinchi taym tugashiga 4 daqiqa qolganida mezbonlar penaltidan hisobni tenglashtirishdi.
O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida esa Po'latjon Jumaxonov O'zbekiston U16 terma jamoasiga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, ikki kun avval o'tkazilgan dastlabki o'rtoqlik o'yinida Tojikiston 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Tojikiston U16 - O'zbekiston U16 - 1:2
Gollar: Xurshed Davlatzode (41-pen.) - Shahzod Akramov (5), Po'latjon Jumaxonov (84)
O'zbekiston U16: A. Kenjaev, T. To'xtasinov, M. Abdurazakov, A. Xusanov, A. Vaniev, M. Usmanov, A. Xayrullaev, R. Islamov, Sh. Akramov, A. Qoxarjonov, M. O'rinboev
Zaxira: V. Pogosyan, S. Payonov, A. Zevatdinov, N. Abdurazaqov, D. Inomov, M. Pazildinov, A. Beglarxanov X. Mahmudov, P. Jumaxanov, R. Turdimurodov, S. Hojiboev