Rasman: Jaxongir Jiyamurodov “Zomin” jamoasidan ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379
PRO-Ligada ishtirok etayotgan Jizzax viloyatining “Zomin” jamoasi bosh murabbiy bo'lib ishlab kelgan Jaxongir Jiyamurodov rasman jamoa bilan o'zaro kelishib shartnomani bekor qildi.
Tajribali futbolchi va murabbiy Jaxongir Jiyamurodov “Zomin” jamoasi bilan 2019 yil PRO-Liga “B” guruxi “G'arb” mintaqasida guruxda 1-o'rinni egallagan edi. Yil oxirida PRO-Liga “A” guruxiga o'tish o'yinida finalgacha olib kelgan.
Bu yilgi mavsumdan klub PRO-Liga o'yinlarida ishtirok etishmoqda. Bosh murabbiy bo'lib o'tgan 5 ta tur natijasiga ko'ra, jamoa 1 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyatga erishdi.
Eslatma: PRO-Liga 6 va 7-turlarda Jaxongir Jiyamurodov “A” littsenziya uchun o'qiyotganligi sababli jamoa o'yinlarida ishtirok etmagan.
Jaxongir Jiyamurodovga keyingi faoliyatlariga omad tilab qolamiz.
“Zomin” PFK matbuot xizmati