Rasman: "Atletiko" Suares transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

Madridning "Atletiko" klubi rasman urugvaylik hujumchi Luis Suaresni o'z safiga qo'shib oldi. Bu haqda "matraschilar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, forvard yangi jamoasi bilan ikki yilllik shartnoma imzoladi. Uning transferini madridliklar uchun 6 million evroga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Suares "Barsa" safida 2014 yildan buyon to'p tepib kelayotgan edi. U jami 283ta o'yinda maydonga tushib, 198ta gol urishga erishgan.
Suares "Barselona" bilan 4 marta Ispaniya chempionati va Ispaniya Kubogini yutgan va 2015 yil EChL chempioniga aylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239