Rasman. Ansu Fati «Barselona»ning birinchi jamoasi a'zosiga aylandi va Vidalning raqamini oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 260
«Barselona» hujumchisi Ansu Fati rasman "ko'k-anorranglilar"ning birinchi jamoasi a'zosiga aylandi.
17 yoshli futbolchi joriy mavsumda 22-raqam ostida o'ynaydi. Bu raqam «Inter»ga o'tib ketgan Arturo Vidalga tegishli edi.
Fatining shartnomadagi badal puli 170 mln evrodan 400 mln evroga oshirildi. Ansu bilan dekabr oyida tuzilgan shartnomada shunday band ko'zda tutilgan edi.
Fati «Barselona»ning asosiy jamoasi safida barcha musobaqalar doirasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!