A Seriya klublariga o'ta olmagan Milik APLda qo'nim topishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226
La Gazzeta dello Sport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning "Napoli" klubi hujumchisi Arkadiush Milik faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Avvalroq, futbolchiga Turinnig "Yuventus" hamda Rimning "Roma" klublari qiziqish bildirishayotgan edi, biroq, ushbu bitim amalga oshmay qolgandi. Endi unga APL klublaridan taklif bo'lmoqda. Gap "Nyukasl" va "Fulxem" klublari haqida ketmoqda. Bu ikki klubi "Napoli" talab qilayotgan 25 million evroni to'lab berishga tayyor. Shuningdek, Milik atrofidagi vaziyatni Londonning "Tottenxem" klubi ham kuzatib turmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!