EChL. Pley-off bosqichi dastlabki o'yinlari o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 272
Evropa chempionlar ligasida saralashning pley-off bosqichi doirasidagi dastlabki o'yinlar o'tkazildi.
"Krasnodar" o'z maydonida Gretsiyaning PAOK klubini qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Avstriyaning "Red Bull" jamoasi esa Isroilda "Makkabi" ustidan shunday hisobda ustun keldi.
Javob o'yinlari 30 iyun kuni o'tkaziladi. G'olib chiqqan jamoalar EChL guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, mag'lub jamoalar o'z ishtirokini Evropa ligasi guruh bosqichida davom ettirishadi.
Evropa chempionlar ligasi, pley-off bosqichi. Dastlabki o'yinlar
Krasnodar Rossiya – PAOK Gretsiya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 32 Pelkas, 1:1 – 39, penalti Klasson, 2:1 – 70 Kabella.
Krasnodar – Safonov, Sorokin, Petrov, Ramires, Pantaleao, Kabella (Utkin, 81), Vilena, Klasson, Olsson, Vanderson (Suleymanov, 86), Berg.
PAOK – Jivkovich, Krespo, Ingason, Varela, Yannulis, Shvab, Jivkovich, Pelkas (Bisesvar, 79), El-Kadduri, Mixaylidis, Tsolis (Shviderski, 84).
Ogohlantirishlar: Pantaleao (6), Shvab (8), Klasson (55), Krespo (76), Berg (88), Ingason (90), Olsson (90).
Slaviya Chexiya – Midtyulland Daniya 0:0 (0:0, 0:0)
Slaviya – Kolarj, Govorka, Zima, Borjil, Golesh, Masopust (Provod, 71), Stanchu (Takach, 90), Shevchik, Tsoufal, Tetsl (Musa, 59), Olayinka.
Midtyulland – Xansen, Sholts, Paulo Viktor, Svyatchenko, Kayuste, Andersson, Dreyer (Sisto, 67), Ogochukvu, Mabil, Kaba (Junior Brumado, 89), Evander (Anderson, 76).
Ogohlantirishlar: Golesh (51), Masopust (70), Paulo Viktor (87).
Makkabi Tel-Aviv Isroil – Red Bull Avstriya 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 9 Biton, 1:1 – 49, penalti Soboslai, 1:2 – 57 Okugava.
Makkabi Tel-Aviv – Tenenbaum, Baltaksa (Xozez, 82), Davidzada, Tibi, Almog, Karzev (Shexter, 71), Eini, Biton, Golasa, Barskiy (Ben Xaim, 61), Biton.
Red Bull – Stankovich, Ulmer, Kristensen, Ramalo, Veber, Berned, Soboslai (Kamara, 87), Okugava (Okafor, 76), Mvepu, Berisha (Koyta, 46), Daka.
Ogohlantirishlar: Eini (66), Soboslai (85).