Ibrahimovich noyob natija qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 595

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Italiya chempionatining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan "Bolonya"ga qarshi o'yinda 2ta gol urdi.
Shu tariqa, shvetsiyalik futbolchi ketma-ket 23 mavsumdan buyon gol urishga muvaffaq bo'lmoqda. Ibrahimovich ilk marta 1999 yilda "Malmyo" safida raqib darvozasiga to'p kiritgandi.
Zlatan keyinchalik "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", "Pari Sen-Jermen", "Manchester Yunayted" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublari sharafini himoya qildi. U klublardagi faoliyati davomida barcha musobaqalar doirasida 762ta uchrashuvda maydonga tushib, 468ta gol urdi va 185ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
165