«Barselona» Suares bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257
Hujumchi Luis Suares «Barselona»ni tark etishga yaqin turibdi. 33 yoshli futbolchi klub rahbariyati bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishuvga erishdi.
«Barsa» urugvaylik futbolchini bepul qo'yib yuboradi. O'z navbatida Suares shartnomada ko'rsatilgan maoshining bir qismidan voz kechadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Suares «Atletiko» bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. «Barsa» esa 2020/2021 yilgi mavsum oxiriga qadar maoshining farqini to'lab berishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!