«Liverpul» o'z futbolchisini APLning boshqa klubiga sotishni istamadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227
Angliyaning «Liverpul» klubi o'z yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenni sotmaslikka qaror qildi.
Avvalroq futbolchiga «Vulverxempton» klubidan jiddiy qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar yangragandi. "Mersisaydliklar"ning bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chemberlenga yangi mavsumda ishonch bildirishini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha «Liverpul» «Vulverxempton» hujumchisi Dioga Jota bilan shartnoma imzolagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!