"Napoli" talab qilayotgan pulni "PSJ" ham to'lab bera olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

"Napoli"ning senegallik himloyachisi Kalidu Kulibali jamoada qolishi mumkin. La Repubblica tarqatgan ma'lumotga qaraganda, himoyachiga "Manchester Siti" va PSJ klublari qiziqish bildirayotgandi, biroq, "shaharliklar ham, parijliklar ham "Napoli" talab qilayotgan 80 million evro to'lab bera olmasliklarini bildirishdi.
"Shaharliklar" Kulibali bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgandi, lekin klublar bu borada bir to'xtamga kela olishmadi. "PSJ" esa "Napoli" talab qilgan mablag'ni o'ylab o'tirmasdan rad etdi.
Kulibali "Napoli" klubiga 2014 yili Belgiyaning "Genk" klubidan ko'chib o'tgandi. O'shanda senegallik futbolchining transferi 7,5 million evroni tashkil etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230