Keyn qayd etgan natija APL tarixida birinchi marta kuzatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250
Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Xarri Keyn APLning 2-tur doirasida "Sautgempton" (5:2) klubi ustidan g'alaba qozonilgan o'yinda ajoyib natijaga erishdi.
Gap shundaki, ushbu bahsda "shporlar"ning kiritgan gollarini 4 tasi Son Xyon Min hisobiga yozildi va kiritilgan to'rtta golga Keyn assistentlik qildi. Bu bir uchrashuvda bir jamoadoshiga to'rtta golli pas uzatish APL tarixida ilk marobata kuzatilmoqda.
27 yoshli Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U londonliklar safida 289 ta uchrashuvda maydonga tushib, 189 ta gol kiritdi va 30 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!