Jaloliddinovning agenti Jasurning kelajagi borasida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267
Rossiyaning «Lokomotiv» klubi yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinovning agenti Yuriy Belous o'zbekistonlik futbolchining Rossiya premer-ligasi ro'yxatidan chiqarilgani borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Lokomotiv» Jasurni legionerlarga ajratilgan limit tufayli ro'yxatdan chiqardi. Bundan tashqari, Jaloliddinovga doimiy o'yin amaliyoti kerak.
Jamoaning rejasi qanday? Uni ijaraga berib, keyinchalik uni klubning yig'iniga qaytarishmoqchi. Yana ham anig'ini Kiknadzedan so'rash kerak», — dedi Belous Sport24 muxbiri bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, Jaloliddinov iyul oyi so'ngida «Lokomotiv»ga o'tib, jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Yarim himoyachi "temiryo'lchilar"ning RPL doirasida 2ta uchrashuvida qaydnomaga kiritildi, ammo maydonga tushmadi.