«Men chempionlarni shug'ullantiryapman» – Pirlo «Sampdoriya»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315

"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo "Sampdoriya"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
"Men yaxshi harakat qilyapman, biroq muhimi, futbolchilarda hammasi yaxshi. Bizda futbolchilar etarli. Aleks Sandroning o'rnida kim o'ynashini ko'rib chiqamiz.
Paulo va De Ligt bu o'yinda o'ynamasligini ham bilamiz. Menda shubha yo'q, faqat ishonch. Men "Yuventus"daman, chempionlarni shug'ullantiryapman. Kulusevski va Pellegrini "A" Seriya nima ekanligini yaxshi bilishadi. Makkenni va Artur esa endi chempionat bilan tanishishmoqda. Bizda bunga vaqt etarli. Mening o'z rejalarim bor, Sarrining esa o'z g'oyalari. Bazi hollarda bizning qarashlarimiz o'xshash bo'lishi mumkin. Men ham o'yinni nazorat qilishni va hujumkor futbolni yoqtiraman, shu sabali tushunchalar bir xil.
Ertaga qiyin o'yin bo'lishini bilib turibmiz, sababi Raneri ko'p narsani isbotlagan ancha iqtidorli murabbiy. Ularning qarshi hujumlaridan ehtiyot bo'lishimiz kerak", -dedi Pirlo.

Bosh sahifaga
398