Lyuk Shou: "MYu"ni kuchaytirish kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151
Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi himoyachisi Lyuk Shou shu transfer bozorida tarkibga yangi futbolchilar qo'shib olish kerak degan fikrda.
— Bizda yaxshi tarkib bor, lekin shaxsan men «Manchester Yunayted»ni kuchaytirish uchun yangi futbolchilar xarid qilish kerak deb o'ylayman. Bu bizga qo'shimcha kuch beradi. U tarkibini kuchaytirib borayotgan klublarni ko'rib, ularga hamnafas bo'lish kerak deb o'ylayman, - Shouning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!