Bartomeu: «Messi bilan mojaroga borishni istamayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417
«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu jamoa sardori Lionel Messi bilan yuz bergan mojaro borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Men u bilan mojaroga borishni istamayman. U bizning sardorimiz va etakchimiz. Men uning klubni tark etishiga yo'l qo'ya olmasdim. U futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi va u jamoaga kerak. Messining borligi — muvaffaqiyat kaliti.
Men sardor bilan bahslashmayman. Bu bizning ichki ishimiz. Messi hamon biz bilan birga ekanidan xursandmiz. Jahonning eng yaxshi futbolchisi o'z joyida qolishi kerak», — dedi Bartomeu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!