Belarus chempionati. Humoyunmirzo Iminov debyut qilgan o'yinda «Energetik-BGU» amaldagi chempionga yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Belarus Oliy Ligasining 24-turida «Energetik-BGU» 19 sentyabr, shanba kuni Brestning «Dinamo»siga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Pavel Savitskiy mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Bunga minskliklar Dmitriy Girsning 16-daqiqadagi goli bilan javob qaytardi.
35-daqiqada Savitskiy dublini nishonladi. Shu hisob o'yin yakuniga qadar o'zgarmay qoldi.
Mazkur bahsda «Paxtakor»dan ijara asosida «Energetik-BGU»ga o'tgan Humoyunmirzo Iminov debyut qildi. Futbolchi 46-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Yana bir o'zbekistonlik legioner Shahboz Umarov uchrashuvda to'liq harakat qildi.
«Talabalar» 34 ochko bilan 8-o'ringa tushib ketdi. Amaldagi chempion esa ochkolarini 35 taga etkazib olgan holda 7-pog'onaga ko'tarildi.
Belarus Oliy Ligasi
24-tur bahsi
«Dinamo Brest» — «Energetik-BGU» 2:1
Gollar: 1:0 – 5 Savitski, 1:1 – 16 Girs, 2:1 – 35 Savitski.
«Dinamo-Brest»: Ignatovich, Kiki Gabi, Bikov, Vitus, Kislyak, Veretilo, Pavloves, David Tve (Krivets, 79), Laptev, Gordeychuk (Sedko, 71), Saviskiy.
«Energetik-BGU»: Lesko, Nosko, Miroshnikov, Sokol, Bashilov, Mavatu, Umarov, Musaxanyan (Skvira, 56), Bakich (Muhamedov, 72), Sovpel (Iminov, 46), Girs.
Ogohlantirishlar: Bikov (21), Musaxanyan (52).

Bosh sahifaga
238