"Lokomotiv" jahon chempionati finalchisini o'z safiga qo'shib olishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Hujumchi Mario Mandjukich faoliyatini Moskvaning "Lokomotiv" klubida davom ettiradi. Bu haqda Sport_Inside yozmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "Lokomotiv" xorvatiyalik hujumchi bilan kelishuvga erishgan. Mario "temiryo'lchilar" safiga erkin agent maqomida borib qo'shiladi.
Eslatib o'tamiz, Mandjukichning so'nggi jamoasi Qatarning "Al-Duxail" klubi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215