«Milan» 16 million evroli transferni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

Italiyaning «Milan» klubi Shotlandiyaning «Seltik» himoyachisi Kristoffer Ayerni sotib olishga yaqin turibdi.
«Rossonerlar» futbolchining transferi uchun 16 million evro sarflashga tayyor. Avvalroq Ayerga Angliyaning «Lester» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar yangragandi.
Ayer joriy mavsum Shotlandiya chempionatining 7 ta uchrashuvida maydonga tushishga ulgurdi. U maydonga tushgan etti uchrashuvda bitta gol kiritdi va bitta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185