«Dinamo» G'uzorda alamli tarzda g'alabani qo'ldan chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254

Pro liga 7-turi doirasidagi markaziy o'yin G'uzorda peshqadam «Sho'rtan» hamda «Dinamo» o'rtasida kechdi.
Uchrashuvning oxirgi daqiqalarigacha hisobda oldinda borayotgan samarqandliklar 76-daqiqada penaltidan, 89-daqiqada esa avtogol qo'yib yuborib alamli tarzda g'alabani qo'ldan chiqarishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sidorov so'nggi daqiqada o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi – 2:2.
Natijada «Sho'rtan» ochkolari sonini 16taga etkazib 1-o'rinda qolgan bo'lsa, «Dinamo» muhim ikki ochkoni yo'qotib 11 ochko bilan 4-o'rinda qoldi.
Pro liga. 7-tur. 18 sentyabr (juma)
«Sho'rtan» - «Dinamo» 2:2
Hakam: Rustam Choriev
Gollar: Shokir Yo'ldoshev 76 penaltidan, Andrey Sidorov 89 avtogol - Oybek Nurmatov 41, Damir Temirov 78.
“Sho'rtan”: Mirzoxid Mamatxonov, Nurali Padarov, Xolmurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Ma'ruf Murodov (Xudoyorxon Sagdullaev), Shokir Yo'ldoshev (Faxriddin Alimov, 85), Elyor Omonjonov, Samandar Shodmonov (Jasur Qurbonboev, 67), Sherbek Eshmurodov (Bekzod Suvonov, 85), Islom Shodmonov, Asadbek Samariddinov (Jasur Xolto'raev, 46)
“Dinamo”: Erkin Jabborov, Hakimxon A'lamxonov, Avaz Agaliev, Bobur Qosimov, Suxrob Nurulloev (Shahboz Nuritdinov, 46), Jahongir Ahmadov (Eldor Boymatov, 57), Obid Jo'raboev, Komil Sharafutdinov, Azamat Allaniyozov (Amirjon Safarov, 71), Shohruxbek Abdurahmonov (Damir Temirov, 57), Oybek Nurmatov (Andrey Sidorov, 71)
Ogohlantirishlar: Sherbek Eshmurodov, 62 – Jahongir Ahmadov, 30, Komil Sharafutdinov, 35, Avaz Agaliev, 87
Manba: fcdinamo.uz
Bosh sahifaga
186