OChL. "Sharja" musobaqadagi ilk g'alabasiga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turidan o'rin olgan "Sharja" va "Al-Duhail" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur o'yinda "Sharja" 4:2 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Ma'lumot uchun, bu "Sharja"ning joriy mavsum OChLdagi ilk g'alabasi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Otabek Shukurov sariq kartochkalari ko'payib ketgani sabab ushbu bellashuvni o'tkazib yubordi.
OChL, 4-tur
"Sharja" – "Al-Duhail" 4:2
Gollar: Halid Bavazir (18), Majid Surour (62), Igor Koronado (73), Kayo (90) – Abdulloh Abdulsalam (12), Almoez Ali (70).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!