Zozulya "Valensiya"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 269

Ispaniyaning "Valensiya" klubi bosh murabbiyi Xavi Grasiya transfer oynasi yopilguniga qadar tezlik bilan o'z safini yangi futbolchilar bilan boyitib olmoqchi.
Plaza Deportivo tarqatgan ma'lumotga qaraganda, "ko'rshapalaklar"ning short-listida "Albasete" klubining ukrainalik hujumchisi Roman Zozulya ham bor.
Ukrainalik futbolchidan tashqari, "Valensiya" tarkibida Kevin-Prins Boateng, Deniel Starridj va yana bir qator futbolchilar ham paydo bo'lib qolishlari mumkin.
30 yoshli Zozulya "Albasete" safida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda. U 106 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol kiritdi va 10 ta golga assistentlik qildi. Uning transfer narxi 725 ming evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213