Braziliyalik futbolchi klub prezidentini o'ldirib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 321
45Futbolchi Vinisius Korsini qotilikda gumon qilinib, Braziliya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Globo Esporte yozmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Korsini o'zining sobiq klubi "Nasional de Rolandiya" prezidenti Xose Oliveyra bilan mojaroga kirishgan. Natijada, futbolchi 58 yoshli prezidentga bir necha marta pichoq urgan. Xose kasalxonada vafot etgan.
Politsiya jinoyat joyidan qochmoqchi bo'lgan Korsinini hibsga olishga muvaffaq bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!