O'zbekiston milliy jamoasi BAAga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi keyingi yilga qoldirilganiga qaramay, mazkur bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlik jarayonini reja asosida olib boradi.
Shu sababli, Milliy jamoamiz oktyabr oyida Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etadi. Ushbu yig'in doirasida avval xabar berganimizdek ikkita xalqaro o'rtoqlik o'yini rejalashtirilgan.
Dastlab, Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy terma jamoamiz Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasining iltimosiga binoan bir kun keyinga, ya'ni 8 oktyabrga ko'chirildi. Mazkur bahs «Paxtakor» stadionida soat 18.00da boshlanadi.
Shuningdek, O'zbekiston milliy jamoasi 12 oktyabr kuni Dubay shahrida BAA terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.