OChL. «Paxtakor» ikkinchi bahsda «Al-Hilol» bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271
Osiyo chempionlar ligasining "V" guruhida ishtirok etayotgan "Paxtakor" bugun "Al-Hilol"ga qarshi ikkinchi uchrashuvni o'tkazdi. O'yinda hisob ochilmadi.
Saudiyaliklar bahs davomida xavfli vaziyatlar yaratish va zarbalar soni bo'yicha ustunlik qilishdi. Ammo ularga toshkentliklar darvozasini ishg'ol qilish nasib etmadi. "Al-Hilol" himoyada ham ishonchli harakat qilib, "Paxtakor"ga golga tortadigan vaziyat yaratish imkonini bermadi.
Ushbu durangdan so'ng "Al-Hilol"ning ochkolari 10taga, "Paxtakor"niki esa 7taga etdi. Jamoamiz 3 kundan so'ng BAAning "Shabab al-Ahli"ga qarshi maydonga chiqadi.
OChL, "V" guruhi, 4-tur
«Paxtakor» - «Al-Hilol» - 0:0
Ogohlantirishlar: Anzur Ismoilov (45+1), — Muhammad Kanno (66)
"Paxtakor": Quvvatov, Alijonov, Krimets (S), Anzur Ismoilov, Sayfiev (Komilov 76), Hamrobekov, Abror Ismoilov, Hamdamov (Sidiqov 67), Sobirxo'jaev (Abdullaev 90+1), Masharipov, Derdiyo'q (Sergeev 67)
"Al-Hilol": Abdulloh Al Muayuf, Ali Al Bulayhiy, Sebastyan Jovinko, Nossir Al Davsariy, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilo, Jan Xyun Su, Amir Kurdi, Muhammad Kanno, Salim Al Davsariy (Xatan Sulton 89), Muhammad Jahfali.
Hakamlar: Navaf Shukrulla, Muhammad Jafar Salmon, Abdulla Solih Alrovaimi (uchalasi Bahrayn), Dilan Perera (Shri-Lanka).
Nazoratchi: Subhiddin Bin Mohd Solih (Malayziya).