«Barselona» Setenning iste'fosini rasmiylashtirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388

«Barselona» klubi sobiq bosh murabbiy Kike Seten bilan shartnomani bekor qilish borasida kelishuvga erishdi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, Setenning iste'fosi huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Ronald Kuman esa "Barsa" bosh murabbiyi sifatida Ispaniya futbol federatsiyasida ro'yxatdan o'tkazildi.
Shu bois, Kuman jamoaning rasmiy o'yinlarida zaxira o'rindig'ida o'tirish huquqiga ega bo'ldi. "Ko'k-anorranglilar" La liganing 1-turi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203