«Al Hilol»ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

Qatarda markazlashgan tizimda o'tkazilayotgan Osiyo Chempionlar ligasi 3-turidan keyin Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubida yana bir futbolchi koronovirus yuqtirib olgani ma'lum bo'ldi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 3-tur doirasida «Paxtakor»ga qarshi to'p surgan Ar-Riyod klubining qanot himoyachisi Yosir Ash-Shahroniy topshirgan test natijalari musbatni ko'rsatgan. Hozirga kelib futbolchi alohida nazoratga olinib, bugungi bahsga maydonga tushmaydi.
Ma'lumot uchun, «Al Hilol» OChL 4-turi doirasida bugun, 17 sentyabr kuni «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199