Rasman! "Uotford" futbolchisi La Liga klubiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 293

Angliyaning "Uotford" klubi himoyachisi Pervis Estupinyan Ispaniyaning "Vilyarreal" klubiga ko'chib o'tganligi haqida, klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Sariq suv osti kemasi" ekvadorlik futbolchisining transferi uchun 16,4 million evro to'ladi.
Tomonlar etti yillik shartnoma imzoladi.
22 yoshli Estupinyan o'tgan yili "Osasuna" tarkibida ijara asosida o'ynab, o'zining yaxshi taraflarini ko'rsata oldi. U 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Estupinyanga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham qiziqish bildirayotgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246