Texnik mag'lubiyatga uchragan "Rotor" klubida yana koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

Rossiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, koronavirusdan jiddiy jabr chekayotgan "Rotor" klubi futbolchilarida yana yangi kasallanganlar ma'lum bo'ldi.
Manbaning yozishiga qaraganda, Volgograd klubi futbolchisi Danil Stepanov ushbu kasallikka yo'liqqan va jamoada koronavirus yuqtirib olgan futbolchilarning 11-bo'ldi..
Avvalroq, "Rotor"ning 9 nafar futbolchisi va bitta murabbiyi COVID-19 aniqlangandi.
Eslatib o'tamiz, koronavirus sababli "Rotor" "Krasnodar" klubiga qarshi o'yinni o'tkazmadi va RFI volgogradliklar texnik mag'lubiyat yozdi. Endi klubning "Rostov"ga qarshi 19 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan o'yini so'roq ostida turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245