Bundesliganing eng qimmat futbolchilari reytingi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 283

Transfermarkt portali Bundesliganing eng qimmat futbolchilari reytingini e'lon qildi. Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho ro'yxatda etakchilik qildi.
20 yoshli futbolchining transfer narxi 130 million evrodan 117 million evroga kamaytirilgan bo'lsa-da, u Ligada etakchilikni qo'ldan boy bermadi.
Reytingda ikkinchi pog'onani «Bavariya» yarim himoyachisi Serj Gnabri egalladi. Uning transfer narxi 72 milliondan 90 million evroga oshdi. Myunxenliklar yarim himoyachisi Yozua Kimmix (85 mln evro) kuchli uchlikka kirdi.
Bundesliganig eng qimmat futbolchi kuchli o'nligiga "Bavariya"ning 7 nafar futbolchisi kirdi.
Bundesliganig eng qimmat futbolchilari (top-10):
1. Jeydon Sancho («Borussiya» D) — 117 mln evro
2. Serj Gnabri («Bavariya») — 90 mln
3. Yozua Kimmix («Bavariya») — 85 mln
4. Erling Xoland («Borusssiya» D) — 80 mln
5. Alfonso Devis («Bavariya») — 80 iln
6. Leroy Sane («Bavariya») — 70 mln
7. David Alaba («Bavariya») — 65 mln
8. Leon Goretska («Bavariya») — 60 mln
9. Robert Levandovski («Bavariya») — 60 mln
10. Dayo Upamekano («RB Leyptsig») — 60 mln.

Bosh sahifaga
225