Mbappe maydonga qaytishga tayyormi? Tuxel javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

Frantsiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoa hujumchisi Kilian Mbappening sog'ligi haqida ma'lumot berdi. Yosh hujumchi koronavirusga chalinganidan keyin maydonga tushmayotgandi.
«Kilian bilan barchasi joyida. Unda koronavirusning alomatlari qolmadi. U yakka tartibda bir necha kundan beri mashg'ulotlarni olib bormoqda.
«Nitstsa»ga qarshi maydonga tushishga tayyormi? Istisno qilmayman. Bu haqda qarorni shanba kuni qabul qilamiz. Klubning tibbiy xodimlari va futbolchining o'zi bilan suhbat o'tkazaman, mana shundan keyin yakuniy qarorga kelamiz», - dedi Tuxel.
«Nitstsa» - PSJ uchrashuvi 20 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233