PSJ «Barselona» futbolchisini sotib olishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 222
Frantsiyaning PSJ klub rahbariyati Kataloniyaning "Barselona" himoyachisi Samyuel Umtitini sotib olmaydigan bo'ldi.
Umtiti tez-tez lazaretga tushib qolishi sababli, parijliklar rahbariyati ushbu transferdan voz kechishga qaror qilishdi. Chunki, so'nggi yillarda frantsiyalik futbolchi jarohat sababli, ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazmoqda.
Umtitining «Barselona» klubi bilan tuzilgan shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi. «Blaugranaslar» tezroq o'z markaziy himoyachisini sotib yubormoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!