Kuman «Barselona»ga Lukakuni olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 619

Kataloniyaning «Barselona» klubi yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman rahbariyatdan «Inter» hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olishni so'raganligi haqida Esport3 xabar bermoqda.
Biroq, manbaning yozishicha, «Barselona» koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz sabab Lukakuni sotib olmaydi. Chunki, hozir ham «Barselona» yangi futbolchilarni sotib olish uchun mablag' borasida muammoga duch kelmoqda.
Lukaku «neradzurrilar» tarkibidagi birinchi yilni a'lo darajada o'tkazib, 36 ta uchrashuvda 23 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
465