Klopp "Liverpul"dan ketgach nima qilmoqchi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

Angliyaning "Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoani tark etgach, keyingi jamoani darhol qabul qilib olish niyatida emasligini aytib o'tdi.
"Liverpul" bilan shartnomam yakuniga etganidan keyin qaysi jamoani boshqarishim mumkinligi haqida ko'p so'rashadi. Nima uchun 2021 yili "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etadigan Gvardioladan shu haqda so'ramasliklari g'alati.
"Liverpul" bilan to'rt yillik shartnomam bor. Shu vaqt mobaynida juda ko'plab narsalar o'zgarishi mumkin. Agar "qizillar" bilan shartnomamni uzaytirmasam va jamoadan ketsam, u holda bir yil dam olaman. Darhol qaysidir klubda ish boshlamayman", - Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal portali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
465