Mutaxassis: «Real» Lautaro Martinesni xarid qilmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 509

Dushanba kuni Ispaniyaning bir qator nashrlari "Real" klubi "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatdi.
Ammo La liga bo'yicha mutaxassis Alvaro Montero ta'kidlashicha, madridliklar transfer oynasi yopilgunga qadar yangi o'yinchi xarid qilishmaydi.
«Bu noto'g'ri, Lautaro borasida hech qanday muzokara olib borilgani yo'q. "Real" yangi o'yinchilarni sotib olmoqchi emas», — dedi Alvaro Montero "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335