FFF prezidenti: «Frantsiya futbolida irqchilik yo'q»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre "PSJ" hamda "Marsel" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Uchrashuv katta janjal bilan yakunlanganidan afsusdamiz. Ikki jamoaning futbolchilar xotirjamlikni saqlab qola olishmadi. Tomoshabinlar uzoq vaqtdan beri kutgan zavqni tomosha qila olishmadi.
Neymar va Gonsaleslar bir birlariga nima deganini bilmayman. Ayni paytda bu voqea bizni tashvishga solmayapti. Agar qoratanli futbolchi gol kiritsa butun stadion quvonadi. Mening fikrimcha, Frantsiya futbolida irqchilik yo'q», — dedi Noel Le Gre.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209