Xedira "Yuventus"ni tark etish uchun qancha mablag' talab qilayotgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Germaniyalik futbolchi Sami Xedira "Yuventus" klubi bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Italiya matbuotining yozishiga qaraganda, 33 yoshli Xedira shartnomani bekor qilish uchun "Yuventus" klubidan 3 million evro kompensatsiya talab qilmoqda.
Xedira "Yuventus" tarkibida 2015 yildan beri o'ynab kelmoqda. Shu paytacha jamoa safida 146 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol kiritdi va 17 ta golga mualliflik qildi.
Xediraning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yilning yozida yakunlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209