"Atletiko"ning koronavirusga chalingan futbolchilari mashg'ulotlarga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

Madridning "Atletiko" klubi rasmiy saytining yozishiga qaraganda, jamoa himoyachisi Santyago Arias va hujumchisi Diego Kostalar umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etishni boshladi.
Eslatib o'tamiz, ikki futbolchi ham sentyabr oyining boshlarida koronavirusga chalinishgan edi, lekin, oradan ma'lum muddat o'tgach, ular davolanishdi.
Kasallik futbolchilarga o'z alomatini ko'rsatmadi, shu sababli, ikki futbolchi ham qo'shimcha tahlillarsiz jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qo'shilishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232