Messi La Liganing dastlabki uch uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 206

Ispaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Janubiy Amerika terma jamoalarining manfaatlari tez orada klublar bilan to'qnashishi mumkin. Xususan, Kataloniyaning "Barselona" klubi sardori Leo Messi La Liganing dastlabki uch uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Gap shundaki, Argentinaga kelgan har bir fuqaro ikki haftalik karantinga olinish qoidasi haligacha mavjud. Futbolchilar ham bundan mustasno emas.
Shu tariqa, Messi o'z vataniga ancha oldinroq borishi kerak. Shuning uchun, Messi o'z klubining dastlabki uchta uchrashuvini katta ehtimol bilan o'tkazib yuboradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237